Yangiliklar

Image

Axborot-resurs markazining Jalaquduqdagi shohobchalari holati oʻrganildi

Soʻnggi yillarda fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand boʻlishini taʼminlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu esa axborot-kutubxona faoliyatiga, kitobxonlarga xizmat koʻrsatish, fondlarni toʻldirish va saqlash, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ragʻbatlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga jiddiy taʼsir koʻrsatish imkonini beradi.

Andijon mashinasozlik institutida ham davlat rahbarining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi hamda 2019-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, qator ishlar olib borilmoqda. 

Kuni kecha institut rektori Umid Turdialiyev Jalaquduq tumanida joylashgan institut axborot-resurs markaziga qarashli shohobchalar faoliyatini oʻrgandi. Oʻrganish davomida shohobchalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan suhbatlar oʻtkazilib, mavjud kamchiliklar aniqlandi, shuningdek taklif va muammolari tinglandi.

Axborot-resurs markazi direktoriga xodimlar va oʻquvchilarga xizmatlarni koʻrsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy elektron (virtual) kutubxonalar tarmogʻini rivojlantirish, kitob fondini aholi talabi boʻyicha yangi nashrlar bilan toʻldirib borish boʻyicha zaruriy koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Qidirish