Andijon mashinasozlik institutida 2024-205-oʻquv yilida Xitoy Xalq Respublikasida toʻliq qoplanuvchi 10 oylik stajirovka oʻtash uchun nomzodlarni saralash bosqichi oʻtkazildi.
Saralash imtihonida hayʼat aʼzolari 12 nafar talabaning bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Maʼlumot uchun ushbu stajirovka Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida 1999-yil 8-noyabrda imzolangan Bitimga muvofiq tashkil etilmoqda. 2024-2025-oʻquv yilda 16 ta stipendiya hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida 34 ta stipendiya, umumiy hisobda 50 ta stipendiya ajratilgan.
Xitoyda yashash va stajirovka oʻtash bilan bogʻliq barcha xarajatlar (viza, aviachiptalar muddatini uzaytirish, ortiqcha bagaj hamda Xitoyda tibbiy koʻrikdan oʻtish toʻlovlaridan tashqari) Xitoy hukumati tomonidan qoplanadi.
Stajirovka uchun tavsiya etilganlar yaqin 3-yil davomida Xitoy yoki boshqa xorijiy davlatlarning grant yoki stipendiyalarini olmaganlar qatoridan tanlab olinadi.