Yangiliklar

Image

Rahbar ayol imiji qanday boʻlishi kerak?

Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida talaba-qizlar ishtirokida “Rahbar ayol imidjini yaratish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.


Unda xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Muhtaramxon Xaliqova, Milliy-xalqaro grantlar va reytinglar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Malikaxon Yusupova va Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Habibaxon Joʻrabekovalar qatnashdi.


Uchrashuvda ustozlar dastlab oʻzlarining bolalik va yoshlar davrlari, oʻqish va ish faoliyatni boshlash davridagi ilk qadamlar, rahbarlikka qadar boʻlgan hayot yoʻllari, erishgan yutuqlari va kamchiliklar, oilani, oʻzini qadrlashi, farzand tarbiyasi haqida maʼlumot berdilar.


Shuningdek, rahbar ayol qiyofasi, uslubi, mukammal ayol rahbarlarga xos xususiyatlar, nozik jins vakillari boshqaruvining afzalliklari, faoliyatidagi zamonaviy yondashuvlari, xodimlar bilan oʻzaro munosabatlar xususida ham fikr-mulohazalar bildirildi.


Taʼkidlanganidek, ayol kishining boshqaruv uslubi xotirjamroq, muvozanatliroq, yumshoqroqdir. Oʻz ishida qatʼiyatlilik, sabr-toqat va narsalarni oxiriga yetkazish qobiliyati yetakchi ayolga muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.Tadbir soʻngida ishtirokchilarga institutning xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkiloti tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Qidirish