Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida “Yashash baxti” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir Yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik, kiberxavfsizlik, diniy ekstremizm, odam savdosi va uni oldini olish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda Yoshlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Anvarjon Islomov, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Muhtaramxon Xaliqova, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Ilhomjon Nasriddinov, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlimi katta mutaxassisi, kapitan Qutbiddin Madaliyev, institut profilaktika inspektori, mayor Izzatillo Qahhorovlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida talaba-yoshlarda vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuygʻularini kuchaytirish, ularni ijodiy fikrlashlarini qoʻllab quvvatlash, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik, firibgarlik, oʻz joniga qasd qilish va suyiqasd qilish, odam savdosi, diniy ekstremizm va aqidaparastlik holatlarini oldini olish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xususida atroflicha fikr bildirdilar. Shuningdek, xodimlar tomonidan hozirda oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning oqibatlari hususida aniq maʼlumotlar keltirib oʻtdilar.
Oʻtkazilgan yigʻilishda oʻz huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida talabalar tomonidan jinoyat turlariga oid savollar berdilar va berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javoblar berdilar.