Yangiliklar

Image

Pazandalik boʻyicha master klass oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti 1-son talabalar turar joyida talaba-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil qilish, ularga uy-roʻzgʻor yuritish sirlarini oʻrgatish, tansiq taomlar pishirish boʻyicha zarur koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida oʻqituvchi ayollar tomonidan “Pazanda qiz – oila koʻrki” deb mavzusida master-klass tashkil etildi.

Unda Iqtisodiyot, Avtomobilsozlik, Transport logistikasi hamda Elektrotexnika fakultetlarining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchilari, kafedralarda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar va tyutor ayollar tomonidan ovqatlar va pishiriqlar tayyorlash jarayonlari koʻrsatib berildi.

Shuningdek, dasturxon bezash, xushtaʼm va rang-barang salatlar tayyorlash boʻyicha ham koʻrgazmali tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida Yoshlar masalalari, maʼnaviy va maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektorb xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi va faollari, tyutorlar, talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi hamda talabalar tayyorlangan pishiriq va taomlar bilan bezatilgan dasturxon atrofida jamuljam boʻlib, mazmunli suhbat qurdilar.

Qidirish