Yangiliklar

Image

Sobiq harbiylar yoshlarga urush maydonlaridagi oʻz xotiralarini soʻzlab berishdi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 32-yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tan-u jondir” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Institut yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Muxtaramxon Xaliqova, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Rasul Mamatov, Axborot-resurs markazi xodimi M. Mahmudovalar yurtimizga sadoqatli, jamiyatga daxldorlik hissi, harbiy-vatanparvarlik tuygʻusi yuksak yosh avlodni voyaga yetkazish va bu jarayonda milliy armiyamiz tizimida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar muhim omil boʻlayotganini qayd etdilar. Shuningdek, Vatan ozodligi, sarhadlar daxlsizligi va el osoyishtaligi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz nomini yodda saqlash, milliy armiyamiz qudrati va salohiyatiga boʻlgan ishonchni kuchaytirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Shundan soʻng, institut yuriskonsulti, sobiq harbiy, zaxiradagi mayor Saidjahon Isayev harbiy xizmat jarayonlari, faoliyati hamda institut texnik xodimi, afgʻon urushi qatnashchisi Qodirjon Rahimovlar afgʻon urush yillaridagi oʻz xotiralarini ishtirokchilarga soʻzlab berdi.

Tadbirda yoshlar Vatanni sevish, uning tinchligi va osoyishtaligini asrash, unga loyiq inson boʻlib yetishishga chaqirildi.

Tadbir soʻnggida institut xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkiloti tomonidan faxriy harbiylarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Qidirish