Barcha joylarda boʻlgani kabi Andijonda ham Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32-yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni katta koʻtarinkilik bilan bayram qilinmoqda.
Bayram munosabati bilan bugun Andijon shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga tantanali gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat hokimi — harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Shuhratbek Abdurahmonov, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Milliy gvardiya, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning viloyat boshqarmalari rahbarlari, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari va yoshlar Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻyib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.
Tadbir davomida sanʼat ustalarining Ona Vatan, tinch, osuda hayot, jasorat, muhabbat va sadoqat tarannum etilgan teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari bayramga oʻzgacha fayz bagʻishladi.
Ushbu tadbirda Andijon mashinasozlik instituti professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.