Andijon mashinasozlik instituti 1-son talabalar turar joyida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni!” mavzusida bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir avvalida institut rektori Umid Turdialiyev ishtirok etib, Vatan himoyachilari kuni nafaqat Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotganlar, balki oʻzini Vatan tinchligi va osoyishtaligi uchun oʻzini burchi deb bilgan har mard oʻgʻlonning bayrami ekanligini bildirdi. Shuningdek, oʻz tabrigida koʻksi qalqon, zabardast Vatanimiz yigitlariga, posbonlariga doimo zafarlar yor boʻlishini, oilaviy sogʻlik va xotirjamlik, omonlik hamrohi, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlishini tiladi.
Tadbir davomida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi qizlar tomonidan ijro etilgan sheʼr va qoʻshiqlar, oʻtkazilgan qiziqarli oʻyin va viktorinalar ishtirokchilarga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi.
Bayram tadbirlari institutning barcha fakultet va kafedralari kesimida davom etmoqda.