Yangiliklar

Image

Harbiy qismda yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqatning timsolidir” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.


Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 32-yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda Andijon shahrida joylashgan taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talaba yoshlari qatori Andijon mashinasozlik instituti talabalari ham ishtirok etdi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy kasbga boʻlgan qiziqishini oshirish, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini namoyish etish maqsadida oʻtkazilgan ochiq eshiklar kunida harbiylar tomonidan mamlakatimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, muddatli harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbirda yoshlarga harbiy kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar hamda zamonaviy qurol-aslahalar namoyish etildi.

Harbiy qism askarlarining harbiy texnika va jangovor qurollardan foydalanish borasidagi koʻrgazmalari, yoshlar bilan oʻtkazgan muloqot va suhbatlari yoshlarning harbiy burchga boʻlgan qiziqishini, ona Vatanga muhabbat va sadoqatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Qidirish