Andijon mashinasozlik institutida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.
Mazkur tadbir Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 32-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Andijon garnizonidagi harbiy qism bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Tadbirda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan mazkur tadbirda bugungi kunda milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar hamda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor haqida alohida soʻz yuritildi.
Shundan soʻng harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi klassik va milliy kuylar bayramona kayfiyat baxshida etdi.