Yangiliklar

Image

Xitoyda malaka oshirayotgan institutimiz stajyor-oʻqituvchisi ushu boʻyicha yirik musobaqada 2-oʻrinni egalladi

Xitoyning Pekin shahrida poytaxtdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar uchun sportning ushu turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Unda yigirmaga yaqin universitetdan yuz nafardan ortiq chet ellik talaba-sportchilar ishtirok etdi. Ushbu musobaqada Pekin texnologiyalar institutining 22 nafar talabalari ishtirok etgan. Ular orasida Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakultetining Avtomobilsozlik kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi Ibrohimjon Abdullayev ham bor.

Ibrohimjon musobaqada oʻz ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medali sohibiga aylandi.

Maʼlumot uchun, Ibrohimjon Abdullayev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan eʼlon qilingan grant dasturi gʻolibi boʻlgan boʻlib, 2023-yilning sentyabr oyidan buyon Pekin texnologiyalar universitetida malaka oshirmoqda.

Qidirish