Yangiliklar

Image

Talabalarga xindistonlik professor Mohd Faruk Wanii maʼruza oʻqidi

Andijon mashinasozlik instituti tomonidan xalqaro nufuzli ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy va amaliy loyihalar amalga oshirilmoqda.


Jumladan, 2021-yilda Hindistonning Srinagar milliy texnologiyalar instituti instituti bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan boʻlib, imzolangan memorandumlar doirasida yuqori malakali ilmiy, muhandis kadrlar tayyorlashga qaratilgan qoʻshma loyihalar, xalqaro ilmiy forumlar va taʼlim dasturlari amalga oshirib kelinmoqda.


Qayd etish lozim mazkur universitet Tribologiya laboratoriyasi bilan hamkorlikda 2021-2023-yillarga moʻljallangan, umumiy qiymati 1.5 milliard soʻm boʻlgan “Nanotermoplast (polipropilen), termoreaktiv (epoksid smolasi asosida), nano oʻlchamdagi toʻldiruvchilar bilan boyitilgan polimer kompozit materiallar va qoplamalarini mexanik xamda tribologik xossalarini takomillashtirish” mavzuida xalqaro loyiha amalga oshirildi. Natijada institutimiz moddiy-texnik bazasi takomillashtirildi, ilmiy salohiyati yanada oshirishiga erishildi.


Kuni kecha loyihani yakunlash maqsadida Srinagar milliy texnologiyalar universiteti tadqiqot va konsalting masalalari boʻyicha dekani, professor Mohd Faruk Wanii Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi.


Dastavval mehmon bilan axborot texnologiyalar boʻyicha prorektor Murodjon Sherboyev ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yutuq va kamchiliklarni muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan istiqbolli rejalar tuzildi.


Shundan soʻng professor Faruk Wanii Transport vositalari muhandisligi yoʻnalishi 1-bosqich talabalariga Yoʻl harakatini tashkil etish yoʻnalishga kirish fanidan "Aqlli svetoforlarni Andijon viloyati sharoitida o'rganish" mavzusida maʼruza oʻqidi.


Maʼruza davomida talabalar amaliy tadqiqotlar bilan bir qatorda mavzuga yangicha yondashuv, yechimlar haqida keng maʼlumotlar oldilar.

Qidirish