Yangiliklar

Image

Kitob insoniyatning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida “Kitobxon ona” maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda institut ayol xodimlari, faol talabalarning onalari ishtirok etdilar.


Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi M.Xaliqova hamda Markaz direktori oʻrinbosari D.Qurbonovalar soʻz olib, kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanishini, bola tarbiyasida uning oʻrni muhimligini qayd etdilar. Shuningdek, millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkinligi, jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasi ekanligini, shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladilar.

Bunda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar oʻzlari mutolaa qilgan asarlar mazmun-mohiyati toʻgʻrisida gapirib, Vatanparvarlikni ruhini shakllantiruvchi, sadoqat va pok muhabbatni targʻib qiluvchi badiiy adabiyotlarni koʻproq oʻqishni tavsiya qildilar.
Tadbir davomida Axborot-resurs markaziga yangi kelgan adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Qidirish