Andijon mashinasozlik institutida qishki taʼtil davrida muassasada faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida “Oliy taʼlimning oʻquv-uslubiy va ilmiy faoliyatini ilgʻor xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: taʼlim sifati va samaradorligining uslubiy jihatlari” mavzusida seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Mashgʻulotlar davomida prorektorarning “Patentlar va mualliflik guvohnomalarini rasmiylashtirish tartibi va mualliflarning iqtibosliigin oshirish usullari”, “Kredit-modul tizimining mazmun- mohiyati va akademik qoidalar toʻgʻrisida”, “Sifatli taʼlim, uni taʼminlashga taʼsir etuvchi omillar va bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida”, "Raqamli taʼlim texnologiyalari va ulardan foydalanish“, ”Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi mazmun-mohiyati" mavzularidagi maʼruzalari tinglandi.
Shuningdek, oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosarlarining taʼlim jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish va talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va Hemis platformasida ishlash boʻyicha koʻnikmalari boʻyicha taklif-mulohazalari eshitildi.