Andijon mashinasozlik institutida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-musiqiy tadbir oʻtkazildi.
Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi va uning “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, Andijon shahar hokimligi, madaniyat boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda toʻrtinchi sektor hududidagi mahallalar fuqarolari ishtirok etdi.
Unda olim, ijodkorlar, maʼrifat targʻibotchilari, yurtimizda maʼnaviy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan ishlarning maqsadi toʻgʻrisida aholi, ayniqsa yoshlarning madaniyatini yanada oshirish, tinch va farovonlik neʼmatlariga shukronalik, daxldorlik hissi bilan yashashga qaratilgan maʼruzalari bilan chiqish qildilar.
Tadbir davomida shahar madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan Vatanni, sevgi va muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.