Yangiliklar

Image

“Eng yaxshi innovatsion gʻoya egasi” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Kengash yigʻilishi davomida “Yangi Oʻzbekistonning istiqbolli yoshlari” shiori ostida oʻtkazilgan “Start-up” loyihalarni tanlab olish boʻyicha oʻtkazilgan “Eng yaxshi innovatsion gʻoya egasi” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

Gʻoliblarga loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning sertifikatlari topshirildi.
Qayd etish lozim tanlovda,
- Elektrotexnika, elektromexanika va elektro texnologiyalar kafedrasi assistenti Husniddin Arziqulovning “Bugʻ generatori” nomli loyihasi (35 million soʻm);


  • - Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi stajyor oʻqituvchisi Nuriddin Yusupovning “Mashina detallari tayyorlash” nomli loyihasi ( 40 million soʻm);
    - Intellektual muhandislik tizimlari mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Davron Ismoilovning “Kutubxonalarda kitoblarni avtomatik dezinfeksiyalash qurilmasi” nomli loyihasi (40 million 100 ming soʻm);

  • - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Shahzodbek Mashrabovning “Bolalarda yassi oyoqlik darajasini aniqlovchi qurilma” nomli loyihasi (16 million 450 ming soʻm);
    - Intellektual muhandislik tizimlari mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Ilhomjon Raximovning “Elektron ilmiy-texnik jurnal” nomli loyihasi (7 million 390 ming soʻm);

  • - Elektr energetika yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Botirbek Tursunaliyevning “Smart qoʻngʻiroq” nomli loyihasi (6 million soʻm);
    - Intellektual muhandislik tizimlari yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Mehrinoz Sayidovaning “Tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni inventarizatsiya jarayonini avtomatlashtirish” nomli loyihasi (24 million soʻm) gʻolib deb topildi.
    Barcha gʻoliblarni tabriklaymiz va kelgusidagi ishlariga omad hamda zafarlar tilab qolamiz.

Qidirish