Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti huzuridagi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘z sohalariga mos bakalavriat yo‘nalishlariga imtixonlarsiz yakka tartibdagi suhbat orqali o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi

🔰Andijon mashinasozlik instituti huzuridagi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘z sohalariga mos bakalavriat yo‘nalishlariga imtixonlarsiz yakka tartibdagi suhbat orqali o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi. 

👨🏻‍🎓2022-yilning 10-avgust kuni “Iqtisodiyot”, “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan nomzod talabgor suhbatdan o‘tkazilmoqda. 

✅Talabgorlarni baholash uchun tuzilgan komissiya tarkibida institut rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich ham ishtirok etmoqda.

📌Suhbat jarayonlari 2 smenada tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o’qishga qabul qilish jarayoni boshlangaligini ma’lum qilamiz. Jarayonlarni quyidagi havola orqali bevosita kuzatib borishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=k_N0lyq_fUI

🗓Eslatib o’tamiz suhbat jarayonlari 10-avgustdan 15-avgustgacha davom etadi.



Qidirish