2022 – yilning 26 – mart sanasida Erasmus+ loyihalari doirasida olib borilayotgan xalqaro MechaUz: Innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekistonda bakalavriat yo’nalishi uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish loyihasi doirasida milliy ishtirokchilar ishtirokida Toshkent Davlat Texnika Universitetida navbatdagi kengaytirilgan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni loyiha bosh kordinatori Javlonbek Rahmatillaev ochib berdi va loyihaning bugungi kundagi holati, bajarilgan ishlar bo’yicha xalqaro hamkorlarning fikr va takliflari, kelajakdagi rejalar hamda loyiha ta‘sischilari tomonidan qo‘yilgan vazifalar bilan bo‘lishishdi. Shundan keyin loyihada ishtirok etuvchi OTM lar, jumladan Andijon Mashinasozlik Instituti, Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti, Farg‘ona Politexnika Universiteti, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Qarshi Iqtisodiyot Muhandislik Instituti va Toshkent Davlat texnika Univarsiteti vakillari birin ketin o‘z hisobotlari bilan chiqish qilishdi. Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilari Oliy ta’lim vazirligidan va NEO hamjamiyatidan taklif etilgan ekspertlar mulohazalari bilan tanishib o‘zaro firk almashishdi. Yig‘lish juda qiziqarli, bahs va munozaralarga boy bo‘lib ko‘tarinki kayfiyatda o’tkazildi. Unda ishtirokchilar o‘rtasida mexatronika va robototexnika bo‘yicha kadrlarni tayyorlashga qaratilgan o‘quv yo‘nalishlari uchun o‘quv rejalarni optimallashtirish, o‘zaro keng hamkorlikni kuchaytirish va hamkor chet el ta‘lim muassasalariga tajriba almashinish uchun delegatsiyalarni yuborish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.