Yangiliklar

Image

Institut kengashining 2023-yildagi soʻnggi yigʻilishi oʻtkazildi

Kuni kecha Andijon mashinasozlik instituti kengashining joriy yildagi yakuniy yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda Kengash aʼzolari hamda institutda faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Yigʻilish avvalida institut rektori Umid Turdialiyev barcha kengash aʼzolarini va ular orqali boshqa barcha professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda aʼzolarini kirib kelayotgan 2024-yil bilan qutlab, oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.

Yigʻilish kun tartibiga koʻra, notiqlarning institutda oʻqitiladigan fanlarni oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik holati, Doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning monitoring natijalari, Institut Kengashining 2022-yil 1-mart kunidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot fakulteti, uning tasarrufidagi kafedra va boʻlimlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi boʻyicha olib borilgan ishlar, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimining 2023-yil boʻyicha faoliyati yuzasidan hisoboti va 2024-yilga ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼruzalari tinglandi.

Shuningdek, professorlik va dotsentlik ilmiy unvoni uchun saylov oʻtkazilib, ilmiy unvonlarni berish hamda kafedralarda mavjud boʻsh ish oʻrinlarga tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi hamda boshqa turli masalalar tegishli tartibda koʻrib chiqildi.

Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qidirish