Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik va Iqtisodiyot fakultetlarida "Bola savdosi - ma'nan qashshoqlikning eng yuqori nuqtasidir" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda institutning professor-o’qituvchilari va ishchi xodima ayollari ishtirok etdi.
Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Muxtaram Xaliqova, Andijon shahar IIOFMB 4-son IIB JXX XPG PKI mayor Izzatillo Qahhorovlar olib bordi.
Targ'ibot tadbiri davomida so'nggi yillarda mamlakatimiz fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan bola savdosi kabi mudxish jinoyatlar va ularning ayanchli oqibatlari haqida so'z yuritilar ekan, bu millatning ma'naviy qiyofasiga butkul zid ekanligi, bu illat so'nngi yillarda ommatan ko'payib borayotgani esa tizimda qilinishini kerak bo'lgan ishlarning salmog'ini oshirish, ziyoli sifatida buni targ'ib etish zarur ekanligi aytildi.
Muhtaram Xaliqova o'z so'zida "Bola savdosi - ma'nan qashshoqlikning eng yuqori nuqtasidir" - deya ta' rif berar ekan. Uni oldini olishga faqatgina keng qamrovli tizimli targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish bilan erishish mumkinligini ta'kidladi.