Yangiliklar

Image

Maʼnaviyat jamiyat hayotining negizidir

Andijon mashinasozlik institutida Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yigʻilishida belgilangan vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda fakultet dekani, dekan oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi. 

Seminarda institut rektori Umid Turdialiyev, institut maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi, Respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Muhtaramxon Xaliqova, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyati hududiy boʻlinmasi rahbari Farhodbek Ataxonov hamda yetakchi mutaxassisi Ravshan Abdurahmonovlarning maʼruzalari tinglandi.

Yigʻilish avvalida Prezident raisligida boʻlib oʻtgan kengaytirilgan yigʻilish tafsilotlari aks etgan videolavha namoyish etildi. 

Tadbirda bugungi kunda maʼnaviyat yoʻnalishidagi dolzarb masalalar, ularga yechim izlashda ziyolilar, xususan, professor-oʻqituvchilarning oʻrni haqida gapirib oʻtdi. Ularni izchil bajarishga bugundan kirishish talab etilishi, bunda talaba-yoshlarning ham faol ishtiroki zarurligi taʼkidlandi. 

Jamoaning davlat rahbari ishtirokidagi yigʻilishda koʻtarilgan mavzular va takliflar boʻyicha fikr-mulohazalari tinglandi.

Qidirish