Andijon mashinasozlik institutida “Rektor stipendiyasi” hamda atoqli olimlar nomidagi stipendiyalarga talabgor uchun tanlovning yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor boshchiligida tuzilgan yetakchi olim va mutaxassislardan iborat maxsus komissiya aʼzolari tomonidan talabgorlarning hujjatlari belgilangan nizom asosida koʻrib chiqildi.
Komissiya talabgorlarning oʻqish davrida erishgan yutuqlari, ilmiy-ijodiy ishlari, shuningdek, davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish, axborot texnologiyalarini, Oʻzbekiston tarixini bilish boʻyicha talab darajalari oʻrganildi.
Natijalar tez orada institutning veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi.