Yangiliklar

Image

Qirgʻizistonlik professor-oʻqituvchilar institut faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning aprel oyida Andijon mashinasozlik instituti hamda Oʻsh texnologiyalar universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Unga koʻra, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida ilmiy hamda madaniy sohalarda hamkorlik qilish, professor-oʻqituvchilar, talabalar almashinuvi, qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish, birgalikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Shu kunga qadar bir necha marotaba Andijon mashinasozlik instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari Oʻsh texnologiyalar universitetida, Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari institutimizda boʻlishib, ilmiy-amaliy konferensiyalar, dars mashgʻulotlarida ishtirok etishdi.

Oʻtgan haftada universitetning bir guruh professor-oʻqituvchilari Urmat Abdaliyev, Maksatbek Janibekov va Belekbek Joldashevlar Andijon mashinasozlik institutga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ular Mashinasozlik texnologiyasi, Texnologik mashinalar va jihozlari va Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi kafedralarida talabalar uchun oʻz yoʻnalishlari boʻyicha dars mashgʻulotlari olib bordilar. 

Uchrashuv davomida oliygohlar oʻrtasida ikki tomonlama yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Qidirish