Muxtar Auyezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti Shimkent shahridagi 80 dan ortiq texnik va gumanitar mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan Qozogʻistondagi eng yirik koʻp tarmoqli davlat oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Ushbu oliygoh 1943-yilda tashkil etilgan boʻlib, mintaqaning ilmiy, maʼrifiy, intellektual, madaniy markaziga aylangan.
Universitetda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, viloyat, respublika va jahon makonining fan va madaniyati uchun mutaxassislar tayyorlaydi.
Muassasa dunyoning TOP-1000 taligiga kirgan Markaziy Osiyodagi sanoqli oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Kuni kecha, universitetning bir guruh professor-oʻqituvchilari — Yerdan foydalanish, suv resurslari va agrotexnikasi” kafedrasi dotsenti Kenjemirza Baymaxanov, Transportlarda tashish va harakatni tashkil etish kafedrasi mudiri Usen Usipbayev hamda kafedra dotsenti Baurjan Shoybekovlar akademik almashinuv dasturi doirasida Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi.
Dastlab mehmonlar bilan institut masʼullari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda amalga oshirilayotgan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Kelgusida birgalikda qilinadigan ilmiy yoʻnalishdagi ishlar boʻyicha bir qator kelishuvlarga erishildi.
Tashrif davomida Avtomobilsozlik hamda Transport va logistika fakultetlari talabalari uchun universitet professor-oʻqituvchilarining mahorat darslari tashkil etildi.
Mahorat darslari davomida talabalarimiz oʻzlarini qiziqtirgan bir qancha savollariga javoblarni olishib, bilimlarini yanada mustahkamlashga erishdilar.