Yangiliklar

Image

Ochiq muloqot, taklif va tashabbuslar: “Rektor va yoshlar” uchrashuvida

Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik hamda Iqtisodiyot fakultetlarida fakultet talabalarining “Rektor va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Unda instituti rektori Umid Turdialiyev Respublikamizda barkamol avlod kamoloti, yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani, oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda talaba-yoshlarning odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyatiga rioya qilishi, internetdan foydalanish madaniyati haqida soʻz yuritildi. 

Talabalarga chet tillarini oʻrganish kerakligini, til oʻrganish natijasida kelajakda magistratura bosqichini institutimizda va chet eldagi hamkor Oliy taʼlim muassasalarida davom ettira olish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berib oʻtildi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida talabalar tomonidan oʻzlarini qiynayotgan muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Muammolarni hal etish boʻyicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek ishtirok etgan talaba-yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Muloqot soʻnggida yil davomida yoshlar festivallari doirasida fakultetlararo oʻtkazilgan tadbir, koʻrik-tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etgan bir guruh talabalar yoʻnalishlari boʻyicha diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. 

Qidirish