Andijon mashinasozlik instituti Kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Uni institut rektori Umid Turdialiyev ochdi va olib bordi.
Yigʻilishda institut rektorining Belorussiya Respublikasiga hamda Belgiya Qirolligi va Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat safarlari, prorektorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoning mazmun mohiyati va undagi asosiy vazifalar ijrosini taʼminlash, Doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), maqsadli doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilikka 2024-yil uchun kirish imtihonlari natijalari boʻyicha maʼruzalari eshitildi.
Shuningdek, professorlik va dotsentlik ilmiy unvoni uchun saylov oʻtkazilib, ilmiy unvonlarni berish hamda kafedralarda mavjud boʻsh ish oʻrinlarga tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi hamda boshqa turli masalalar tegishli tartibda koʻrib chiqildi.
Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.