#Tayinlov
Andijon mashinasozlik instituti rektorining buyrugʻi bilan Turgunov Tursunboy Sabirovich moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi.
U shu kunga qadar institutning Avtomobilsozlik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelayotgan edi.
T.Turg‘unov 1971-yilda Jalaquduq tumanida tugʻilgan. 1993-yilda Toshkent moliya institutini Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Ish faoliyatini 1993-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutida Iqtisodiy informatika va boshqaruvni avtomatlashtirish kafedrasi izlanuvchi-tadqiqotchiligidan boshlangan.
Turli yillarda kafedra assistenti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti aspiranti, Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi katta oʻqituvchisi, Moliya, Avtomatika va elektr-texnologiya fakultetlari dekan oʻrinbosari, Mashinasozlik texnologiyasi, Transport va logistika fakultetlari dekani vazifalarida ishlagan.
Andijon mashinasozlik instituti jamoasi Tursunboy Turgʻunovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va zafarlar tilaydi!