Andijon mashinasozlik instituti axborot-resurs markazida “Art-terapiya uslubida qobiliyatlarni aniqlash va hayotda oʻz oʻrnini topish” mavzusida trening tashkil etildi.
Institut xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi M.Xaliqova tashabbusi tashkil etilgan treningda talabalarning qobiliyatini aniqlashda dastlab test soʻrovnomasidan foydalanildi. Shundan soʻng Art-terapiyasini qoʻllagan holda rasm chizish mashgʻuloti oʻtkazildi.
Ushbu treningning maqsadi jamoada ruhiy salomatlikni mustahkamlash, oʻqituvchi va talabalarni charchoq va stresslardan chiqargan holda jamoaviy birlikni yanada mustahkamlash maqsadiga qaratilgan.
Art-terapiya — sanʼat va ijodkorlikdan foydalanishga asoslangan psixoterapiya va psixologik korreksiyaning yoʻnalishlaridan biri. Art-terapiya psixo-emotsional holatga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, kayfiyati yaxshilanadi, asabiy va ruhiy zoʻriqish yengillashadi, shaxslar-aro xulq-atvor, oʻz-oʻzini hurmat qilish shakllanadi, tasavvur, estetik tajriba, ijodiy oʻzini namoyon qilish rivojlantirib, ijodiy qobiliyatlari ortadi.
Tadbir yakunida Gumanitar fanlar kafedrasi psixologlari, katta oʻqituvchilari D.Rahmonova, B.Yakubova hamda Avtomobilsozlik fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi D.Toʻychiyevalar art-terapiyaning asosiy maqsadi oʻzini namoyon qilish va oʻzini-oʻzi bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uygʻunlashtirish mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.