Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari hamda Transport va logistika fakultetlari binosida Xandon global universiteti professori Ah-Ram Kim hamda magistr Jonghwan Yoo ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Unda universitet laboratoriyalarida bir semestr davomida toʻliq grant asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyatini beruvchi dasturda ishtirok etish istagida boʻlgan institutimiz talabalari qatnashdi.
Muloqot davomida Xandon global universiteti faoliyati, oʻquv jarayonlari hamda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, oʻrnatilgan hamkorlik doirasida professor-oʻqituvchilar oʻrtasida akademik almashinuv, , tashkil etiladigan yozgi maktablar, talabalarning Koreyada stajirovka oʻtashi borasidagi masalalar boʻyicha tushunchalar berildi.
Bundan tashqari Andijon mashinasozlik instituti talabalari Mechanical engineering yoʻnalishi boʻyicha grant asosida Janubiy Koreyaga borishi va ilmiy laboratoriyadan ilmiy izlanishlar olib borishi mumkinligi aytilib, unda ishtirok etish tartib va talablari aytildi.
Muloqot davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.