Yangiliklar

Image

Xandon Global universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari Andijonda

Xandon Global universiteti Janubiy Koreyaning nufuzli va yetakchi xususiy oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitetga 1995-yilda tadbirkor Kim Yang Xil tomonidan asos solingan boʻlib, ayni paytda mahalliy va jahonning 58 mamlakatidan tashrif buyurgan 5 ming nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Muassasada global yetakchilik, menejment va iqtisod, kommunikatsiyalar, sanʼat, maslahat va ijtimoiy taʼminot psixologiyasi, konvergent dizayn, kompyuter fanlari va elektrotexnika, mashinasozlik, xalqaro tadqiqotlar, Global menejment va biznes, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xalqaro huquq, Psixologiya va maslahat hamda Koreyashunoslik yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar yetishtiriladi. Taʼlim jarayonlari nafaqat koreys, balki ingliz va xitoy tillarida olib boriladi.

Andijon mashinasozlik instituti Handon Global Universiteti bilan 2019-yilda hamkorlik shartnomalarini imzolangan boʻlib, samarali hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Unga asosan, professor-oʻqituvchilarning qisqa muddatli stajirovkalari, ularni oʻquv mashgʻulotlariga jalb qilish, talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy konferensiyalar oʻtkazish va ilmiy maqolalar chop etish yoʻnalishlarida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Bugun universitetning bir guruh professor-oʻqituvchilari hamda talabalari Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurishdi. Mehmonlar “Andijon polkasi” sadolari ostida tantanali kutib olindi.

Shundan soʻng institut rektori Umid Turdialiyev ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi

Uchrashuv davomida olib borilgan hamkorlik aloqalari tahlil qilinib, kelgusida hamkorlikda HGU-AndMI fan va texnologiyalar ilmiy tadqiqot qoʻshma institutini (UNITWIN HAIST) tashkil qilish, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar almashinuvi masalalari boʻyicha muhokama oʻtkazildi.

Uchrashuv soʻnggida mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

Qidirish