Yangiliklar

Image

Faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar

Tobora globallashayotgan bugungi zamonda yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash gʻoyat muhimdir. Shu bois yoshlarning ruhan sogʻlom, keng dunyoqarash, turli yot gʻoyalarga qarshi tura oladigan xislatlarga ega boʻlishi ham ustuvor masalaga aylanmoqda. Bu borada ota-ona va taʼlim muassasasi oʻrtasida uzviy hamkorlik yoʻlga qoʻyilishi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.


Shu maqsadda Andijon mashinasozlik institutida doimiy ravishda talabalarning ota-onalari hamda institut rahbariyati oʻrtasida ochiq muloqotlar oʻtkazilib kelinmoqda. 
“Ota-onalar kongressi” navbatdagi yil yakunlariga bagʻishlangan yigʻilishi Transport va logistika fakultetida oʻtkazildi.


Yigʻilishda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Suhrobjon Aliyev hamda fakultet dekani A. Rahimovlar tomonidan olib borilayotgan taʼlim tizimi va oʻquv jarayonlari, ichki tartib-qoidalar va talaba-yoshlar sifatli bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha soʻz yuritildi.


Suhbat davomida talabalarga puxta taʼlim berish bilan birga ularning tarbiyasi, xulqi-odobi boshqalarga oʻrnak boʻlishi kerakligi, bu borada akademiya va ota-ona hamkorligi yoʻlga qoʻyilishi lozimligi alohida taʼkidlandi.


Tadbirda fanlarni yaxshi oʻzlashtirayotgan, namunali xulqi, odobi bilan barchaga oʻrnak boʻlayotgan faol talabalar eʼtirof etilib, ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Tadbir davomida iqtidorli talaba yoshlar tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi.


Samimiy muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda atroflicha fikr almashildi va ota-onalarning taklif-mulohazalari tinglandi.

Qidirish