Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida Konstitutsiya qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbir avvalida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yoshlarga oid qator normalar oʻz ifodasini topgani hamda yoshlar huquqlarini himoya qilishga eʼtibor qaratilgani alohida qayd etildi. Shuningdek, davlat yoshlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi belgilangani taʼkidlandi.
Shundan soʻng institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Suhrobjon Aliyev tomonidan Talabalar kuni hamda Konstitutsiya kuni munosabati bilan oʻtkazilgan institut va viloyat miqyosidagi tadbirlar, sport musobaqalari hamda koʻrik-tanlovlarda ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan bir guruh talabalarga fakultet Tashakkurnomasi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan Vatanni va mardlikni madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlar ijro etildi.