Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetlarida sportning stol tennisi turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
“Men giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida oʻtgan musobaqada sakson nafarga yaqin talaba yoshlar ishtirok etib, oʻz mahoratlarini namoyon etdilar. Murosasiz kechgan bahslar katta qiziqish va ishtiyoq bilan oʻtdi.
Yakuni natijalarga koʻra,
erkaklar oʻrtasida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabasi Suhrob Roʻzimurodov, qizlar oʻrtasida esa Transport va logistika fakulteti talabasi Roʻzixon Odiljonovalar musobaqaning tengsiz sportchilari deb topildi.
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabasi Mehriddin Sherqulov, Transport va logistika fakulteti talabalari Abdulloh Jumanazarov, Dilnozaxon Bahromjonova, Shirinxon Inomovalar ikkinchi va uchinchi oʻrinlar sohibiga aylanishdi.
Gʻoliblar Konstitutsiya kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi.