Yangiliklar

Image

Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish boʻyicha vazifalar ijrosi Andijon mashinasozlik instituti misolida

Ma'lumki, talabalar turar joylarini DXSH asosida barpo etish boʻyicha 2022-yilda 43 ta OTMda 18 800 oʻrinli 47 ta talabalar turar joyini barpo etish belgilangan. 

2022-yil 1 avgust holatiga koʻra, umumiy quvvati 20 800 oʻrinli 39 ta loyiha ustida ishlar olib borildi. Shundan, 350 oʻrinli 1 ta loyiha foydalanishga topshirilgan, 4 800 oʻrinli 11 ta loyiha davlat reyestriga olingan, 3 000 oʻrinli 7 ta loyiha bitimi rasmiylashtirish bosqichida, 1 ta 1 000 oʻrinli loyiha tender bosqichida, 3 300 oʻrinli 5 ta loyiha 45 kunlik eʼlonga joylashtirilgan. Shu kunlarda 14 ta 8 350 loyiha yuzasidan konsepsiya hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, qurilish xarajatlari teng ulushlarda davlat oliy taʼlim muassasasi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan talabalar turar joylari va OTMning toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan hamda Investitsiya dasturi doirasida 10 090 oʻrinli 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda.


Shundan, 1 ta 550 oʻrinli loyiha foydalanishga topshirilgan. Tender bosqichidagi loyihalar 1 ta 240 oʻrinli, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilayotgan loyihalar 11 ta 4 850 oʻrinli. 

 Bugungi kunda, 30 ta 16 050 oʻrinli loyihada qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Qidirish