Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi xodimi Xolmurodjon Valiyev, institut yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Muhtaramxon Haliqova, fakultet dekani Muzaffar Joʻraxonov, kafedra mudiri Xotamjon Akbarov, Yoshlar yetakchisi Ilhomjon Qobulov, matbuot kotibi Umidjon Mamarasulov hamda axborot resusr markazi xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida adliya organi xodimi joriy yilning 30-aprel kuni oʻtkazilgan umumxalq referendumida qabul qilinib, kuchga kirgan yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati, kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, Bosh qomusimizda davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlashi hamda ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirishi taʼminlanishi mustahkamlanib qoʻyilgani qayd etildi.
Bundan tashqari davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishi taʼminlangani misollar bilan keltirib oʻtildi.
Uchrashu davomida talabalarning huquqiy bilimi qay darajada ekanligi yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi.
Tadbir yakunida faol talabalarga “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilgan yangi tahrirdagi Konstitutsiya kitobi topshirildi.