Andijon mashinasozlik institutida “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Zakovat-quiz” intellektual turniri oʻtkazildi.
Yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimini, aqliy tafakkuri va madaniyatini rivojlantirish, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga va amaldagi qonun hujjatlariga oid bilimini aniqlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadiga tashkil etilgan bellashuvda har bir fakultetdan bittadan jamoa ishtirok etdi.
Tanlov nizomiga koʻra, ishtirokchilarning Konstitutsiya hamda qonun hujjatlariga oid bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
Yakunda Iqtisodiyot fakulteti jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar Elektrotexnika hamda Transport va logistika jamoalariga nasib qildi.
#Meningkonstitutsiyam
#Konstitutsiyakuni