Andijon tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Konstitutsiya qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan kamondan oʻq otish boʻyicha viloyati birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.
Milliy gvardiya viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi hamda Kamondan otish Federatsiyasi viloyati boʻlimi hamkorlikda oʻtkazilgan musobaqada oʻttiz nafardan ortiq yigit qizlar bellashdilar.
Ushbu musobaqada Andijon mashinasozlik instituti Talabalar sport klubining kamondan oʻq otish toʻgaragi aʼzolari ham ishtirok etdi.
Yakuni natijalarga koʻra, oʻsmirlar oʻrtasida Iqtisodiyot fakulteti 2- bosqich talabasi Ziyodullo Ubaydullayev hamda qizlar oʻrtasida esa Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti 2-bosqich talabasi Maftuna Ismoiljonovalar ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Avtomobilsozlik fakulteti Biotibbiyot muhandisligi yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Nilufarxon Jaloldinova uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.
Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Institut jamoasi talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan qutlab, ularning kelgusi musobaqalarda bundanda yuqori natijalariga erishishiga omadlar tilab qoladi.