3–dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bugun Andijon shahridagi 13-son aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari uchun Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan “Mehrimiz bolajonlarga” shiori ostida mehr-muruvvat aksiyasi tashkil etildi.
Tadbirda koordinatorlar oʻquvchilarning koʻnglini koʻtaruvchi sheʼriy va musiqali chiqishlari bilan bolajonlarni xursand qilishdi.
Bayramona tarzda oʻtkazilgan aksiya davomida oʻquvchilariga oʻquv qurollari va esdalik sovgʻalari tuhfa etildi.
Insonlarga mehr ulashish, ularga bir lahzalik shodlik baxsh etish insoniylikning oliy koʻrinishidir, shu boisdan barchani bir-biriga mehrli boʻlishi tilakdoshimiz.
Bundan tashqari sana munosabati bilan institut xodimlari tomonidan ham muassasa atrofida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan yakka-yolgʻiz fuqarolar holidan ham xabar olindi.