Insonning ezgulikka yoʻgʻrilgan hissiyot qoʻrgʻoni — yuragi urib tutar ekan, yaxshilik va ezgulik qilishdan, mehr-saxovat ulashishdan charchamaydi. Xalqimizga xos insoniylik, saxovatpeshalik va bagʻrikenglik 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbirlarda oʻz aksini topmoqda.
Andijon mashinasozlik institutida ham sana munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Unda soʻz olgan institut rektori U. Turdialiyev mamlakatimizda imkoniyati cheklangan yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va boshqalar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Tadbirda institutda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar hamda tahsil oluvchi matonatli talabalarning bir guruhi rektor tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Koordinatorlar tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy kompozitsion dastur yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.