Andijon mashinasozlik institutida Germaniya Savdo sanoat palatasining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakili Alisher Sadikov bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Institut Xalqaro aloqalar boʻlimi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda Germaniya Federativ Respublikasida ishlash istagida boʻlgan talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Alisher Sadikov tomonidan Germaniyaga qonuniy ishga yoʻnaltirish, ularni huquqiy himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mavjud imkoniyat va imtiyozlar, ish beruvchilar tomonidan yaratilgan haqida batafsil maʼlumot berdi.
Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.