Yangiliklar

Image

“Moliyaviy savodxonlik” bo‘yicha oʻquv seminari oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida “Moliyaviy savodxonlik” va “Isteʼmolchilar muammolari bilan ishlash” mavzulari oʻquv seminari oʻtkazildi.

Aholining moliyaviy xizmatlar boʻyicha foydalanishdagi huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan seminarda Iqtisod kafedrasi assistenti I. Qobulov, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi mutaxassisi T.Abdullayev,  viloyat boshqarmasi xodimlari A. Abdiyev va M. Ashurov, institut boʻlim boshligʻi M. Xoliqovalar ishtirok etdi.  

Tadbirda talabalarga isteʼmolchi huquqi va moliyaviy savodxonlik, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligi va uni amaliyotda qoʻllash, eng koʻp uchraydigan xatolik va firibgarlik hiylalari haqida tushunchalar berildi. 

Seminar davomida talabalar isteʼmolilar huquqlariga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Qidirish