Andijon mashinasozlik institutida “Milliy liboslar namoyishi” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir kiyinish madaniyati, uning targʻiboti, kiyim tanlash, zamonaviy kiyinishda oʻzbekona sharm-hayo meʼyorlariga amal qilish, milliy anʼanalarimizni keng targʻib qilish orqali xalqimizning ming yillik oʻtmishi, urf-odat, anʼana va qadriyatlarimizga xos boʻlmagan gʻarb va boshqa kiyinish madaniyatiga taqlidning oldini olish, shuningdek, liboslarning oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish maqsadida oʻtkazildi.
Tadbir davomida milliy liboslar bilan birga, institutning ichki tartib qoidalaridan kelib chiqqan holda, talabalar uchun tavsiya etiladigan kiyimlar namoyishi ham boʻldi.
Bunday koʻrgazmalar yoshlarning milliy qadriyatlarimizga hurmatini yanada oshirish, anʼanalarimizni qadrlashda muhim ahamiyat kasb etadi.