Andijon mashinasozlik institutida 1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Unda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutxassislari oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan OIV va OITS kasalligi tushunchalari, kelib chiqishi, yuqish hamda rivojlanish omillari haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bugungi kunda jahonning eng global muammosiga aylangan va haligacha toʻliq davosi topilmagan kasallikning oldini olish, unga qarshi kurashish chora tadbirlari haqida tushunchalar berildi.
Tadbirda kasallikdan qoʻrqish emas, undan himoyalanish, bu dard bilan kurashayotgan bemorlardan oʻzimizni olib qochishimiz emas, balki ularga hamdard boʻlib, mehr berishimiz kerakligi taʼkidlandi.
Tadbir davomida kasallik yuqtirib olishdan ehtiyot boʻlish yoʻllari haqida toʻxtalinib, talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.