Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash hamda ularni ish beruvchilar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida belgilangan rejaga asosan viloyatimizda faoliyat yuritayotgan “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi avtomobilsozlik hamda ularni mahalliylashtirish va avtokomponentlar ishlab chiqarish korxonalari masʼullari bilan uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.
Navbatdagi uchrashuvning mehmonlari “OʻzAuto-Austem” masʼuliyati cheklangan jamiyati tarzidagi qoʻshma korxonasi bosh direktori Bahodir Samatov boshchiligidagi korxona masʼullari boʻldi.
Tadbirda korxona faoliyati, xodimlarga yaratilgan sharoitlar hamda ishga joylashish tartiblari, avtosanoat korxonalarida xodimlarni tanlash, kadrlar zaxirasi va boshqalar haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchilar masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.