Yangiliklar

Image

Institut rektori Germaniyaning yirik korxonalari bilan muzokaralar oʻtkazdi

Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ayni paytda Germaniya Federativ Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Safar davomida rektor Xeede shahridagi Kanne group, Hero-Glas, Jansen hamda Papenburg shahridagi Meyer Werft kompaniyalarining ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashib, kelgusida talabalarning oʻquv-amaliyotini oʻtkazish va keyinchalik ularni ish bilan taʼminlash masalalari yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

Muzokaralar davomida korxonalarga iqtisodiyot, logistika, elektrotexnika, robototexnika va mexatronika, mashinasozlik, axborot texnologiyalari taʼlim yoʻnalishidagi nemis tilini oʻzlashtirgan talabalarni yuborish koʻzda tutuvchi Andijon mashinasozlik instituti hamda kompaniyalar oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Qidirish