Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida

Avval xabar berganimizdek, Andijon mashinasozlik instituti o‘quv ishlari boʻyicha prorektori Suhrobjon Aliyev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi.

Xalqaro boʻlim boshligʻi Fotimaxon Karimova, elektrotexnika fakulteti dekani Doniyor Alijonov, Elektrotexnika, elektronika, elektromexanika kafedrasi mudiri Abrorbek Shukuraliyev hamda kafedra tayanch doktoranti Shoxruhbek Bahromovlardan iborat delegatsiya aʼzolari safar davomida Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti tarix, oʻquv laboratoriyalarni koʻzdan kechirishdi. Ayniqsa, robototexnika va mexatronika, mexanika va elektrotexnika muhandisligi va bir qancha elektrotexnika boʻyicha laboratoriyalarga alohida eʼtibor qaratishdi.

Shuning safar davomida delegatsiya aʼzolari Tyanzin shahridagi AWA Microenergy New Energy Co., LTD. korxonasida boʻlishib, elektromobillar va quyosh  panellar, yangi turdagi texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlarini koʻzdan kechirishdi. Shuningdek, korxona bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini oʻrnatish yuzasidan muzokaralar olib borilib, kelgusida qoʻshma loyihalarni birgalikda amalga oshirishga  kelishib olindi.

Shuningdek delegatsiya Top-500 talikka kiruvchi Pekin texnologiyalar universitetida ham boʻlishdi. U yerda Mechatronics Engineering, international Economcs and Trade, Elektronics Science and Technology, Mechanical Engineering, Computer Science and Technology kabi bir qancha yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan bilan tanishildi. Shuningdek, bakalavriat, magistratura va PhD taʼlimi uchun scholarship dasturi boyicha muzokaralar olib borildi.

Qidirish