Yangiliklar

Image

Xotin-qizlar orasida zoʻravonlik hamda oʻz joniga qasd qilish va suiqasd qilish holatlarini oldini olish yuzasidan davra suhbati

Andijon mashinasozlik instituti 1-son talabalar turar joyida xotin-qizlar orasida zoʻravonlik hamda oʻz joniga qasd qilish va suiqasd qilish holatlarini oldini olish yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.

Unda xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Muhtaramxon Xaliqova, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha rektor maslahatchisi, institut yoshlari yetakchisi Ilhomjon Qobulov hamda institut profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorovlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida bugungi kunda gender va xotin-qizlar tengligini taʼminlash, xotin-qizlarni har tomonlama zoʻravonlik va tazyiqlardan himoya qilish, jabr koʻrganlarni reabilitatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha gapirib oʻtildi. Shuningdek, mazkur ishlarga qaramasdan, ayollarga nisbatan zoʻravonlik, tazyiqlar oʻtkazish holatlari ham uchrab turganligi, ularning salbiy oqibatlari, zoʻravonlikdan keyingi reabilitatsiya va moslashtirish ishlari haqida yigʻilganlarga koʻrgazmali slayd va videolar orqali tushuntirish ishlari olib bordi. 

Bundan tashqari zoʻravonlik va tazyiq holatlari natijasida yuzaga keladigan muammolar hamda mazkur holatlarga sabab boʻlayotgan omillar: ishsizlik, irodasizlik, oilaviy nizo va ajrimlar, terrorizm va ekstremizm, odam savdosi kabi salbiy illatlar vujudga kelayotgani taʼkidlandi.

Qidirish