Yurtimizning barcha joylarida joriy yilning 25-oktyabridan 1-dekabriga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi koʻchat ekish mavsum o‘tkazilmoqda.
Ushbu obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida Andijon mashinasozlik instituti ham faol ishtirok etmoqda.
Loyiha doirasida 2-son talabalar turar joyida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi.
Dastlab boʻsh yer maydoniga ishlov berilib, koʻchatlar ekish uchun hozirlandi. Shundan soʻng institut professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari birgalikda mevali daraxt koʻchatlari oʻtqazdilar.
#Yashil_makon umummilliy loyihasi doirasida 500 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.