Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti delegatsiyasi Shimoliy Xitoy texnologiyalari universitetida

2018-yilda Andijon mashinasozlik instituti hamda Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ushbu hujjatga koʻra, besh yil davomida ikki tomonlama oʻzaro tajriba almashilib, ilmiy tadqiqot ishlarni hamkorlikda olib borilib, ilmiy loyihalar amalga oshirildi. Natijada memorandum doirasida sezilarli natijalarga erishildi.

Joriy yilning iyun oyida Universitet xalqaro ofisining direktor oʻrinbosari Xu Mei boshchiligidagi delegatsiya vakillari Andijon mashinasozlik institutida boʻlishib, institut rahbariyati bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yutuq va kamchiliklarni muhokama qilishgan hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishilgan edi.

Aloqalarni yanada mustahkamlash va tajriba almashish maqsadida 21-noyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Suhrob Aliyev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasi xizmat safarida boʻlib turibdi.

Safarning birinchi kunida Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvlar oʻtkazildi. unda ikki oliy taʼlim muassasasining hamkorlik aloqalarining bugungi holati va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi. Muhokamalar davomida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarini yanada rivojlantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun almashinuv dasturlari, hamkorlikdagi ilmiy loyihalar hamda tadqiqotlar olib borish kabi muhim masalalarga eʼtibor qaratildi. Bir qator kelishuvlarga erishildi.

Safar kun tartibida universitet oʻquv reja va dasturlarini tahlil etish, oʻquv laboratoriyalari bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan

Qidirish