Yangiliklar

Image

Institut rektori Belgiyada xizmat safarida

Belgiya Qirolligining poytaxti Bryussel shahrida Belgiya taʼlim kengashi tashabbusi bilan “Yevropa tajribasi: bilimlarni tijoratlashtirish va tadbirkorlik universitetini rivojlantirish” dasturi doirasida “Yevropa gorizonti tadqiqotni rivojlantirish va xalqarolashtirish vositasi sifatida” mavzusida seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Treningda yetakchi mutaxassislar — doktor Yuliya Maskevich va professor Vinsent Jamyer tomonidan mavzular doirasida tushuntirishlar berilmoqda.
Ushbu seminarda Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari qatorida Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ham ishtirok etmoqda.
Safar davomida rektor Belgiyaning bir qator oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashishi hamda ular bilan energetika, mashinasozlik, transport va logistika, yengil sanoat va axborot texnologiyalari sohalari boʻyicha hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy loyihalarni amalga oshirishni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borishi koʻzda tutilgan.

Qidirish